Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan MDH mamlakati aniqlandi

Iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan MDH mamlakati aniqlandi

Foto: «Regnum»

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarida 2019-yilning yanvar—may oylarida sanoat ishlab chiqarishi hajmi 2,5 foizga ko‘paydi. Buni MDH Statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan bilib olish mumkin.

Hamdo‘stlik mamlakatlarida yil boshidan beri iste’mol narxlari 3,1 foizga, sanoat mahsulotlari narxi 2,2 foizga qimmatlagan. MDH mamlakatlarida yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi o‘rtacha 1,1 foizga o‘sgan.

YaIMning eng yuqori o‘sishi Tojikistonda kuzatildi — 7,5 foiz (2019 yil yanvar—mart — 2018-yilning yanvar—martiga nisbatan).

Shuningdek, Armaniston (7,1 foiz) va Turkmaniston (6,2 foiz)da yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’ati yuqori.

O‘zbekistonda shu davrda YaIM o‘sishi 5,3 foizni tashkil etdi.

Yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’ati eng past mamlakatlar: Rossiya — 0,5 foiz, Belarus — 1 foiz va Ozarbayjon — 2,2 foiz.

MDH mamlakatlarida to‘lanadigan ish haqlari solishtirilganda esa butunlay boshqacha manzara: 2019-yil may oyi holatiga MDHda eng kam o‘rtacha oylik ish haqi Tojikistonda ($145), eng ko‘p o‘rtacha oylik ish haqi Rossiyada ($730) to‘lanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring