Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Islom bankingini joriy etish O‘zbekistonga 10 mlrd dollar jalb etish imkonini beradi

Islom bankingini joriy etish O‘zbekistonga 10 mlrd dollar jalb etish imkonini beradi

Foto: «Azon.uz»

Islom bankingini joriy etilishi O‘zbekistonga har yili qo‘shimcha ravishda 10 mlrd AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkonini berishi mumkin. «Spot» xabariga ko‘ra, bu haqda BankExpo-2019 doirasidagi anjumanda Islom taraqqiyot banki vakili Husan Hasanov ma’lum qilgan.

Yaqin Sharq mamlakatlari va Islom moliya institutlaridan investitsiyalarni jalb etish uchun tegishli qonunchilikning yo‘qligi to‘sqinlik qilmoqda. Bizning hisobga ko‘ra, agar Islom bankingi joriy etiladigan bo‘lsa, unda O‘zbekistonga har yili qo‘shimcha ravishda 10 mlrd AQSh dollari xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkonini berishi mumkin. Bank sohasi va xususiy sektorni moliyalashtirishga tayyor kompaniyalar bor», – dedi Husan Hasanov. Islom taraqqiyot banki vakilining fikriga ko‘ra, Islom bankingi joriy etilishi aholining mablag‘larini ham jalb etishga yordam beradi.

“O‘z pullarini diniy e’tiqod qarashlaridan kelib chiqqan holda bankka qo‘ymay, uyda saqlaydigan odamlar bor. Islom moliya institutlarining paydo bo‘lishi ularga pullarini Islom bankiga qo‘yish va ushbu mablag‘larni ko‘paytirish imkonini beradi. Diniy e’tiqodiga ko‘ra kredit olmaydigan tadbirkorlar ham mavjud, bu ularning kompaniyalari rivojlanishiga halal beradi. Agar O‘zbekistonda Islom moliya institutlari yaratilsa, bu ularning biznesi rivojlanishiga, yangi ish o‘rinlarining ochilishiga xizmat qilgan bo‘lar edi”, – deb ta’kidladi Hasanov.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring