Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamshid Qo‘chqorov elektr energiyasi narxi nega oshayotganini aytdi

Jamshid Qo‘chqorov elektr energiyasi narxi nega oshayotganini aytdi

Foto: «Xabar.uz»

Moliya vazirligi g‘aznachiligida «Yoqilg‘i energetika sohasidagi islohotlar samaradorlikka erishish uchun sharoit yaratish asosida ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish» mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda «Xabar.uz» muxbiri ham qatnashmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov elektr energiyasi narxi o‘sishi sabablarini izohladi.

«O‘zbekistonda har yili o‘rta hisobda 64 milliard KVT/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Shundan 83 foizi tabiiy gazni ishlatish orqali. Issiqlik elektrostansiyalari va issiqlik elektrotsentrallarida 1 KVT/soat elekt-energiyasining ishlab chiqarish tannarxi 193,2 so‘mni tashkil etadi, sotish narxi esa – 228,6 so‘m, qo‘shilgan qiymat solig‘ini chiqarib tashlaganda 190,5 so‘m. Demak, har bir KVT/soat elektr-energiyasini sotishdan “O‘zbekenergo” AJ 2,7 so‘m zarar ko‘radi», — deb aytgan Qo‘chqorov.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring