Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanada kompaniyasi Navoiy viloyatida oltin qidiradi

Kanada kompaniyasi Navoiy viloyatida oltin qidiradi

Foto: «Sensorika.uz»

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilishicha, Kanadaning oltin qazib oluvchi «B2Gold» kompaniyasi Navoiy viloyatidagi oltin zaxiralarini o‘rganadi. Viloyatda uchta ehtimoliy oltin koni borligi aytilmoqda va bu joylar Kanada kompaniyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi rahbari Bobir Islomov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 3—10-mart sanasida Kanada konchilar va geolog-kon qidiruvchilar assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro ko‘rgazmada (PDAC) ishtirok etdi. Ushbu tashrif davomida davomida «B2Gold» kompaniyasi bilan kelishuvga erishildi.

Unga ko‘ra, Kanada kompaniyasi Navoiy viloyatidagi uchta ehtimoliy oltin konini o‘rganib chiqadi. «B2Gold» oltintoparlari dastlabki bosqichda 2 million dollar investitsiya kiritishmoqchi. Loyiha muvaffaqiyatga erishgan taqdirda kanadaliklar sarmoya hajmini ko‘p bora oshirishga va oltin qazib olishga kirishishga tayyor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring