Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mahalliy byudjetlar ixtiyorida 5,5 trln. so‘mdan ziyod mablag‘ qolishi kutilmoqda

Mahalliy byudjetlar ixtiyorida 5,5 trln. so‘mdan ziyod mablag‘ qolishi kutilmoqda

Avval xabar berganimizdek, 2 noyabr kuni Moliya vazirligida ommaviy axborot vositalari uchun davlat byudjetining bu yilgi yakunlari va kelgusi yilning asosiy parametrlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Mutasaddilarning ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy hokimliklarning vakolatini kengaytirish va rejadan oshirib bajargan daromadlarini ularning ixtiyorida qoldirish mexanizmini joriy etilishi natijasida 2018 yil yakunlari bo‘yicha mahalliy byudjetlar ixtiyorida 5,5 trln. so‘mdan ziyod yoki o‘tgan yilga nisbatan qariyb 6 barobardan ko‘proq mablag‘ qolishi kutilmoqda. 

Vaholanki, o‘tgan yili 960,2 mlrd. so‘m, 2016 yilda esa atigi 176,8 mlrd.so‘m hududlar ixtiyorida qolgan edi. Masalan, Andijon viloyatida 2017 yilda 61,2 mlrd. so‘m qoldirilgan bo‘lsa, 2018 yil yakunlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 279,6 mlrd. so‘mga yetadi. Shunga o‘xshash, Sirdaryo viloyatida 30,0 mlrd. so‘mdan 171,0 mlrd. so‘mgacha, Xorazm viloyatida 41,3 mlrd. so‘mdan 195,4 mlrd. so‘mga oshadi.

Mahalliy hokimliklar qo‘shimcha manbalar hisobidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga, shu jumladan, «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlariga, maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish va ta’mirlashga, hokimliklar qoshida tashkil etilgan ishchi o‘rinlarini yaratish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirishga mablag‘ yo‘naltirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

2018 yil yakunlariga ko‘ra, davlat byudjeti daromadlarining kutilayotgan ijrosi 74,5 trln. so‘mni tashkil qiladi, tasdiqlangan parametrlar 12,3 trln. so‘mga ortig‘i bilan bajarilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring