Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pul almashadimi? Markaziy bank vakili bilan muloqot

Pul almashadimi? Markaziy bank vakili bilan muloqot

Foto: «Xabar.uz»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot vaqtida Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norxonov milliy valyutaning qadrsizlanishi va denominatsiya qilinishi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qilib o‘tdi.

— Ochig‘ini aytsam, bu savol o‘zimiz uchun ham qiziq. Pulning qadrsizlanish darajasi, nollarning soni ko‘payib borayotgani bunday savollarni keltirib chiqarishi aniq. Biz birinchi navbatda transportirovka, hisob-kitob harajatlarini kamaytirish va qulayliklar yaratish maqsadida 50 000 va 100 000 so‘mlik pul chiqardik. Har safar yangi qiymatda pul chiqqanda shunday savol paydo bo‘ladi.

Denominatsiyani amalga oshirishdan maqsad nollarning sonini kamaytirish. Ya’ni, 10 ming so‘m o‘rniga 10 so‘m yoki 100 so‘m muomalaga chiqariladi. Bunday reja Markaziy Bankda bormi yoki yo‘q, deb so‘rasangiz, aniq qilib, yo‘q, deb ayta olmayman. Biz bu haqda o‘ylaganmiz.

Qachondir denominatsiya bo‘ladi. Ammo aniq vaqtini ayta olmayman. Balki besh yildan so‘ng bo‘lar, balki 10 yildan so‘ng. Biz buni texnik o‘zgarish, deb qabul qilishimiz kerak, — deydi Ilhom Norxonov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring