Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda DXMning yana bir yangi binosi va Bosh vazir qabulxonasi ochildi

Namanganda DXMning yana bir yangi binosi va Bosh vazir qabulxonasi ochildi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Namangan viloyatida yana bir davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. 

Davlat xizmatlari agentligining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Ismoilovning ta’kidlashicha, 2019-yilda viloyatning qolgan 10 ta tuman va shaharlarida xuddi shunday markazlar barpo etiladi.

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Pop tumani Namangan viloyatining qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan hududlaridan biridir. Bugun tumanda 212 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Popda yangidan barpo etilayotgan binolar tufayli ko‘chalar ko‘rkam qiyofaga kirmoqda. Xalqning turmush tarzi, yashash sharoitlari kun sayin o‘zgarayotgani e’tirofga loyiq. Tumanda «Obod markaz» dasturi doirasida bir qator ijtimoiy obektlar qurib foydalanishga topshirildi. Ana shulardan biri davlat xizmatlari markazi binosidir.

Betakror dizayn va mukammal me’moriy yechim bilan qurilgan markaz popliklarning serqatnov maskaniga aylandi.

Joriy yilda Pop tumani davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 7 ming nafarga yaqin fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, endilikda qulay va shinam binoda fuqarolarga bir qator qulayliklar yaratildi.

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Bank xizmati, fuqarolik holatlari dalolatnomalari yozish bo‘limi ham markaz binosida faoliyat yuritadi. Biometrik pasport berish va haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagisiga almashtirib berish xizmati ham markazdan chiqmasdan amalga oshiriladi. Shuningdek, binoda Xalq qabulxonasi, bolalar maydonchasi, tibbiyot xonasi, kutubxona, investorlar uchun maxsus xona, anjumanlar xonasi mavjud. Yo‘lga qo‘yilgan bepul wi-fi markazga tashrif buyuradigan fuqarolar beminnat foydalanishlari mumkin.

Mazkur markazda Bosh vazir qabulxonasi ham tashkil qilindi.

Endilikda, muammo va takliflar bilan kelgan tadbirkorlar qulay sharoitlarga ega bo‘lgan Davlat xizmatlari markazlarida tegishli davlat organlari vakillari ishtirokida qabul qilinadilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring