Nihoyat! Bu safar dollar kursi oshmadi
O‘zbekiston Markaziy banki 2019-yilning 13-avgustidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
AQSh dollari kursi 3 kun avval belgilanganidek 8882 so‘mligicha qoldi. Eslatib o‘tamiz, 10-avgustdan dollar kursi «bir urinishda» 177,13 so‘mga qimmatlab, 8882 so‘mga chiqib olgandi.
Yevro kursi ham bu safar o‘zgarishsiz qolgan. Yevroning narxi uch kun avval +259,80 so‘mga oshib, 9928,30 so‘m etib belgilandi.
O‘tgan haftada kuzatilgan kechkin oshishlarga Markaziy bank izoh bergandi.
Qayd etish kerak, dollar kursida bir necha oydan buyon to‘xtovsiz o‘sish kuzatilayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter