Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Non narxi oshayotgani sababli oilalarga kompensatsiya to‘lanadi

Non narxi oshayotgani sababli oilalarga kompensatsiya to‘lanadi

Foto: «Xabar.uz»

Vazirlar Mahkamasining 13-sentabrdagi qarori bilan O‘zbekistonda ertaga, 15-sentabrdan qolipli non, ya’ni buxanka narxi davlat tomonidan emas, ichki bozordan kelib chiqib narxlanishi haqida xabar bergan edik.

Qarorga ko‘ra, non va un narxi oshayotgani sababli aholiga qulaylik tug‘dirish maqsadida 2018-yil 1-oktabrdan boshlab:

- yoshga doir, nogironlik bo‘yicha nafaqa, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga), bolaligidan nogiron bo‘lgan 16 yoshdan katta shaxslarga nafaqa, nogiron bo‘lgan 16 yoshgacha bolalarga nafaqa, shuningdek, yoshga doir pensiyaning belgilangan miqdoridan kam pensiya va nafaqa bo‘yicha har bir nafaqa oluvchiga

- bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uni parvarish qilish bo‘yicha nafaqa oluvchi har bir oila, o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilaga un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanadi.

2018-yil 1-oktabrdan boshlab 14 yoshgacha farzandlari bo‘lgan oilalarga bolalar sonidan kelib chiqqan holda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan belgilanadigan nafaqa eng kam oylik ish haqiga nisbatan quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

bir nafar farzandi bulgan oilaga - 60 foiz;
ikki nafar farzandi bulgan oilaga - 100 foiz;
uch nafar va undan kup farzandi bulgan oilaga - 140 foiz;

Pul kompensatsiyasi ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan pensiya va nafaqalar to‘lanishi uchun mas’ul bo‘lgan organlar tomonidan hisoblanadi va qayd etilgan pensiya hamda nafaqalar bilan bir vaqtda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

Shuningdek, zaruratga ko‘ra, bozorda don va un narxlari keskin o‘zgarishining oldini olish maqsadida iste’molchilarga sotish uchun davlat zaxirasidan don chiqariladi.

Tumanlar (shaharlar) hokimlariga kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash shartlariga muvofiq, 2019-yil 1-yanvargacha hokimliklarning zaxira jamg‘armalari, shuningdek, tumanlar (shaharlar) budjetlari daromadlari prognoz parametrlarining oshirib bajarilishidan tushgan mablag‘lar hisobiga oilaning har bir a’zosi hisobga olingan holda eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida pul kompensatsiyasi ajratish huquqi berildi.

Ushbu toifadagi oilalarga (shaxslarga) pul kompensatsiyasi tegishli o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan hisoblanadi. Bunda qo‘shimcha pul kompensatsiyasi oladigan oilalar (shaxslar) soni ushbu qaror 2-bandining uchinchi xatboshida va 3-bandining «a» kichik bandida nazarda tutilgan kompensatsiya oluvchilar umumiy sonining 30 foizidan oshmasligi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring