Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oqoltin tuman moliya bo‘limi daromadlar va xarajatlarni oshkor etdi

Oqoltin tuman moliya bo‘limi daromadlar va xarajatlarni oshkor etdi

Foto: «ardeecu.ie»

Prezident Shavkat Mirziyeyov 2017-yil 22-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan murojaatnomasida budjet daromadlari va xarajatlari xalq uchun ochiq va oshkora bo‘lishini kerakligini ta’kidlagan edi.

Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyat Oqoltin tuman moliya bo‘limi «Xabar.uz» saytiga o‘z daromadlari va sarf-xarajatlarini taqdim etdi.

Tumanning joriy yildagi mahalliy budjeti xalq deputatlari tuman kengashi sessiyasida atroflicha muhokama qilinib, 2018-yil tuman mahalliy budjeti 34374,9 million so‘m deb tasdiqlandi. Bu sohalar kesimida tahlil qilinadigan bo‘lsa, ijtimoiy soha xarajatlari 29817,8 million so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, umumiy xarajatning 86,5 foizini tashkil etadi. Shundan: ta’lim sohasiga 18110,9 million, sog‘liqni saqlash sohasiga 10390,0 million, madaniyat va sport sohasiga 1187,4 million, ijtimoiy ko‘nikma markazi xarajatlari 30,5 million, iqtisodiyot xarajatlari 1837,7 million, Davlat boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari 1622,7 million, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari saqlash xarajatlariga 855,3 millionni tashkil etadi.

Ushbu xarajatlarning yoyilmasi quyidagilardan iborat:

— ish xaqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun 308424,9 million;

— boshqa xarajatlar (kommunal, oziq-ovqat, dori-darmon va boshqalar) xarajatlariga 3550,0 million.

Bundan tashqari, joriy yilning 1 yanvaridan boshlab iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi qo‘shimcha, ko‘zda tutilmagan xarajatlarni o‘z vaqtida va uzluksiz moliyalashtirishni ta’minlash uchun tegishli budjetlarning umumiy hajmidan 1 foiz miqdorida tuman hokimining Zaxira jamg‘armasi shakllantirilib, 340,8 million etib belgilandi.

Joriy yilning mahalliy budjet parametrlarida sog‘liqni saqlash muassasalarining dori-darmon vositalari va tibbiyot uskunalari uchun 530,0 million mablag‘, ya’ni 2017-yilga nisbatan 3,1 barobar ko‘p mablag‘ sarflash rejalashtirilgan.

Joriy yilda aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlariga 810,4 million mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.

Mahalliy hokimlik organlari moliyaviy mustaqilligini oshirish maqsadida 2018 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, tuman mahalliy budjeti daromadlari prognozini oshirib bajargan qismi to‘lig‘icha mahalliy budjet ixtiyorida qoldirilmoqda Shuningdek, mahalliy budjetga qoldiriladigan soliq va to‘lov turlar ham aniq qilib belgilab berildi.

Bu soliqlar quyidagilar:

— jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;

— jismoniy shaxslardan yer solig‘i;

— tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari uchun qat’iy belgilangan soliqlar;

— bozorlardan tushadigan daromadlar;

— ayrim turdagi tovarlar bilan savdo qilish va xizmatlarning aloxida turlarini ko‘rsatish uchun olinadigan yig‘imlar mahalliy budjetda qoldiriladigan bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring