Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oyligingiz oshdimi? Bugundan eng kam ish haqi 184 300 so‘m bo‘ldi

Oyligingiz oshdimi? Bugundan eng kam ish haqi 184 300 so‘m bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 2-iyul kuni «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi farmonni imzolagandi.

Unga ko‘ra, bugun, 15-iyuldan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,07 baravarga oshdi.

Shunday qilib, bugundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:

  • ish haqi – oyiga 184 300 so‘m;
  • yoshga doir pensiyalar – oyiga 360 460 so‘m;
  • bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 360 460 so‘m;
  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 221 190 so‘m miqdorida belgilandi.

Ish haqi hamda pensiyalarga qo‘shilgan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar 2018-yilning 15-iyulidan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring