Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zagrotexsanoatxolding» tizimidagi zavod ishchilarining maoshi 70 foizga oshirildi

«O‘zagrotexsanoatxolding» tizimidagi zavod ishchilarining maoshi 70 foizga oshirildi

«O‘zagrotexsanoatxolding» AJ matbuot xizmati

«O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tizimidagi «TQXTZ» (Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi) AJ ishchilarining oylik maoshi 2019-yil 1-apreldan 70 foizga oshirildi. Bu haqda «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu sohada ko‘p yillar davomida ishchilarning maoshini oshirish masalasiga e’tibor qaratilmagan.

«O‘zagrotexsanoatxolding» AJ matbuot xizmati

«O‘zagrotexsanoatxolding» 2018 yil sentyabr-dekabr oylarida texnikalar narxlarini pasaytirdi. Narxlarni tushirib, oylikni oshirish mutlaqo bir biriga zid bo‘lgan holat bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo bular puxta iqtisodiy hisob-kitob qilingan hamda yillar davomida foydalanilmagan imkoniyatlarning ma’lum bir qismidan samarali foydalanish natijasida amalga oshirilgan o‘zgarishlardir, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring