Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya o‘zbek mahsulotlari uchun «yashil yo‘lak»ka yana 4 ta punkt qo‘shdi

Rossiya o‘zbek mahsulotlari uchun «yashil yo‘lak»ka yana 4 ta punkt qo‘shdi

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Rossiyaga yetkazib berish imkoniyatlari yana-da kengaydi. Bu haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligining matbuot xizmati xabar berib o‘tgan.

Joriy yilning 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida, O‘zbek-Rus qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ishchi guruhining III yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Rossiya delegatsiyasiga Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sergey Levin boshchilik qildi.

Uchrashuv davomida, tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi, hamda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida agrosanoat sohasida hamkorlik bo‘yicha kelgusi rejalar aniqlandi.

Rossiya tomoni, ikki davlat o‘rtasida mavjud bo‘lgan “Yashil yo‘lak”ga yana 4 ta punkt qo‘shilib, umumiy soni 11 taga yetganini ma’lum qildi. Endi soddalashtirilgan bojxona rasmiylashtiriluvi Astraxan, Derjinsk, Sankt-Peterburg va Kolomna punktlarida ham qo‘llaniladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bojxona rasmiylashtiriluvi jarayonida fitosanitariya nazoratini o‘tkazishni yanada soddalashtirish maqsadida ikki davlatning tartibga soluvchi organlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishga qaror qilindi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish maqsadida, istiqbolli loyihalardan biri bu ikki davlatning viloyatlarida Ulgurji savdo markazlarini tashkil etishdir. O‘zbekistonda tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan markazlarga Rossiyaning “Rosagromarkazini” intergatsiya qilishga Rossiya tomoni tayyorgarligini e’lon qildi. Bu, o‘zbek meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita Rossiyaning ulgurji bozorlariga yetkazilishiga imkon yaratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring