Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston importida Xitoyning ulushi 9,6 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekiston importida Xitoyning ulushi 9,6 mlrd dollarga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 17,8 foizga oshgan.

Ushbu davr mobaynida mamlakatning asosiy import hamkorlari o‘nligida Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston yetakchilik qilgan.

Xitoydan import 9,6 mlrd dollarni tashkil etgan. Rossiyadan 5,3 mlrd dollarlik, Qozog‘istondan esa 2,4 mlrd dollarlik tovar va xizmatlar import qilingan.

Turkiyadan import 1 mlrd 49,6 mln dollarga yetgan. Koreya Respublikasi bo‘yicha bu ko‘rsatkich 1 mlrd 37 mln dollarni tashkil qilgan.

Turkmanistondan 657,5 mln dollarlik import amalga oshirilgan. Germaniyadan import 640 mln dollar, Hindistondan 607,4 mln dollar bo‘lgan.

Belarus va Birlashgan Arab Amirliklaridan import hajmi ham 500 mln dollardan oshgan. Belarus — 508,6 mln dollar, BAA — 507,9 mln dollar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring