Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Misrga gilos va uzum eksport qiladi

O‘zbekiston Misrga gilos va uzum eksport qiladi

Foto:«Protoday.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Misr qishloq xo‘jaligi va melioratsiya vazirligining Markaziy o‘simlik karantini boshqarmasi o‘rtasida mamlakatimizda yetishtirilgan sarhil uzum va gilos mevalarini xalqaro fitosanitar talablariga rioya qilgan holda eksport qilish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi.

Unga ko‘ra gilos va uzum eksport qilishning tartib-qoidalari tasdiqlandi.

Jumladan, endilikda o‘zbekistonlik eksporterlar:

— Misr Arab Respublikasining Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya vazirligining o‘simliklar karantini bo‘yicha Markaziy Administratsiyasiga mahsulot haqidagi axborotni o‘z ichiga olgan onlayn ariza yuborish;

— eksport mahsulotini fitosanitar sertifikatda belgilab qo‘yilgan, maxsus ro‘yxatga olingan sexda qadoqlash kabi asosiy fitosanitar talablarga amal qilgan holda Misr xalqini o‘z mahsulotlari bilan xushnud etishi mumkin bo‘ladi.

Qo‘shimcha qilish joizki, sarhil uzumni ekspertga tayyorlash jarayonida mahsulot belgilangan harorat va shartlarda 8-16 kun mobaynida qayta ishlovdan o‘tishi zarur.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring