Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 463,1 mln.ga kamaydi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 463,1 mln.ga kamaydi

Foto: «sb.by»

O‘zbekiston Markaziy banki rasmiy saytida 2018 yil 1 iyul holatiga ko‘ra O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi haqidagi ma’lumotlar e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, joriy yilning iyun oyida yalpi oltin-valyuta zaxiralari 463,1 mln. AQSh dollariga kamayib, 27 660,5 mln. dollarni tashkil etmoqda. Ulardan 13,8 mlrd. dollari xorijiy valyutadagi aktivlar, 13,8 mlrd. dollari esa – monetar oltin.

Sof oltin-valyuta zaxiralari 26,6 milliard dollarni tashkil qildi.

Markaziy bank axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat hisobot davrida asosan oltin narxining 1303,50dan 1250,55 doll./tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishiga ta’siri – 573,5 mln. doll.).

Oltin narxi pasayishi hisobga olinmaganda yalpi oltin-valyuta zaxiralari 110,4 mln. AQSh dollariga oshgan.

Markaziy bank rasmiy saytidan skrinshot

«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublika oltin-valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish belgilangan.

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring