Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Xitoyga yana gaz sotayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Xitoyga yana gaz sotayotgani ma’lum bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini qayta tiklagan. Mamlakat ichida gazga talab ortib ketgani uchun chetga sotish to‘xtatilgandi.

Hozircha hukumat bu haqda xabar bermagan, ammo Xitoydagi ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent Turkmanistondan boshlanib, O‘zbekiston va Qozog‘istondan o‘tuvchi Markaziy Osiyo — Xitoy quvuri orqali gaz eksportini qayta yo‘lga qo‘ygan.

Xitoy bojxona bosh boshqarmasiga asoslanib tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, 2022 yil boshidan beri O‘zbekiston Xitoyga 132,8 mln. dollarlik gaz sotgan. Qancha hajmda gaz sotilgani ochiqlanmagan. Bu orada Turkmaniston 2,87 mlrd. dollar, Qozog‘iston esa 270,6 mln. dollarlik eksportni amalga oshirgan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston ichki talab ortgani sababli yaqin orada gaz eksportini to‘xtatishlarini e’lon qilgan. Toshkent eksportni 2025 yilda, Qozog‘iston esa 2024 yil oxirida to‘xtatmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq gaz va tok narxlari oshishi haqida xabarlar chiqqandi, Moliya vazirligi buni inkor qilmagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring