Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek pensionerlariga bir oyda qancha mablag‘ ajratiladi? Xalq banki mutasaddisi javob berdi

O‘zbek pensionerlariga bir oyda qancha mablag‘ ajratiladi? Xalq banki mutasaddisi javob berdi

O‘zbekistonda pensionerlarga nafaqa to‘lash uchun bir oyda 2 trillion so‘m sarflanadi. Bu haqda 13-mart kuni AT Xalq banki tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida bank boshqaruvi raisi  o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Muxtor Eshniyozov ma’lum qildi.

Eshniyozovning so‘zlariga ko‘ra, bugun respublikada 3 milliondan ziyod kishiga pensiya to‘lanadi. Shundan 1 million pensionerga nafaqa uyiga yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi «Pensiyalar va nafaqalar to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan 2017 yilning iyul oyidan boshlab respublikamizning barcha hududlarida pensiya to‘lovlari Xalq banki filiallari orqali to‘lab kelinmoqda.

Matbuot anjumanida shuningdek, «Xalq mobile» mobil ilovasi afzalliklari haqida tushunchalar berildi. Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to‘lov kartalari orqali sotib olinadigan xorijiy valyutani naqd shaklda yechib olish  mexanizmi joriy etildi.

Shuningdek, yaqin orada  5ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari qisqa muddatda o‘rnatilishi ma’lum qilindi.

 Bugungi kunda O‘zbekistonda Xalq bankining 197 ta filiali, 30 ta mini banki, umumiy tarzda 3200 dan ortiq muassasalari ishlab kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring