Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishiga start berildi

O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishiga start berildi

Foto: «tass.ru»

Bugun, 19-oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin «O‘zekspomarkaz»da o‘tkazilayotgan «O‘zbekiston-Rossiya» hududlararo hamkorlik forumida ishtirok etishdi.

Forum doirasida O‘zbekiston Respublikasida birinchi AES qurilishi loyihasining amalga oshirilishini boshlab berishga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.

Forum ishini «Xabar.uz» muxbiri ham kuzatib bormoqda. Uning ma’lum qilishicha, tantanali marosim tadqiqot ishlari olib borilayotgan maydonlardan biri va Toshkent o‘rtasida tele ko‘prik tarzida bo‘lib o‘tdi.

Prezidentlar O‘zbekistonda qurilishi rejalashtirilgan atom elektr stansiyasi loyihasiga start berish uchun ramziy tugmani bosishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi AESning birinchi energobloki 2028-yil oxiriga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring