Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz» AJning 2021-yil uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga «Ernst & Young» xalqaro kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosa berildi

«O‘zbekneftgaz» AJning 2021-yil uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga «Ernst & Young» xalqaro kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosa berildi

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev tomonidan olib borilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida, jahondagi yirik to‘rtta auditor-konsalting kompaniyalaridan biri hisoblangan, «Ernst & Young» kompaniyasi tomonidan «O‘zbekneftgaz» AJning 2016–2020-yillardagi hisoboti uchun ijobiy auditorlik xulosalari berilgan edi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS) asosidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning tuzish va uni auditdan o‘tkazish bo‘yicha yana bir yutuqqa erishdi.

Mamlakatimizning yoqilg‘i-energetika va gaz-kimyo sohasida yetakchi hisoblangan «O‘zbekneftegaz» AJ o‘z tarixida va respublikadagi yirik ishlab chiqarish kompaniyalari ichida birinchilar qatorida MHXS asosida 2021-yil uchun tuzilgan to‘liq konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotiga «Ernst & Young» auditorlik kompaniyasidan, xorijiy kreditor va investorlar tomonidan belgilangan muddatlardan oldin, ijobiy auditorlik xulosasi olindi.

Ta’kidlash joizki, 2021-yil uchun MHXS asosidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tayyorlash va auditdan o‘tkazish yo‘nalishidagi ishlar  «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi Raisi Mehriddin Abdullayevning tashabbusi bilan 2021-yilning noyabr oyida boshlab yuborilgan edi. Jamiyat xodimlari tomonidan joriy yilning mart oyi oxirigacha MHXS asosidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot loyihasi tayyorlandi va may oyining boshlarida «Ernst & Young» auditorlik kompaniyasi mutaxassislari tomonidan tekshirib chiqildi. O‘z navbatida auditorlik kompaniyaning mutaxasisslari ham joriy yilning fevral oyidan boshlab auditorlik amallarini boshlab yuborishdi va iyun oyining boshlarida to‘liq tugatishdi.

Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida tuzilgan mazkur hisobot va auditorlik xulosasi jaxondagi nufuzli reyting agentliklari: «Fitch Ratings», «S & P Global Ratings» va «Moody’s», yirik xorijiy banklar «City Bank»,  «Mitsubishi UFJ Financial Group», «JPMorgan Chase & Co», «China Development Bank», «Gazprombank», «VEB.RF» va boshqalar potensial xorijiy investorlarga, xalqaro konsalting va yuridik kompaniyalarga ham taqdim etildi.

«O‘zbekneftegaz» AJ rahbariyati tomonidan olib borilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida, MHXS asosida 2021 yilning birinchi yarim yilligi uchun tuzilgan oraliq konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot bo‘yicha «Ernst & Young» xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik sharhi (xulosasi) 2021-yilning 24-oktyabrida, ya’ni belgilangan muddatlardan 10 kun oldin olingan edi.

Eslatib o‘tish lozimki, 2021-yilning 29-sentyabr va 22-oktyabrida jahon miqyosida ko‘pchilik yirik investorlar tan oladigan «Fitch Ratings» va «Standard & Poors Global Ratings» xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan «O‘zbekneftgaz» AJga «VV-»darajasida «barqaror» prognozi bilan kredit reytingi taqdim etilgan edi.

MHXS asosida 2021-yil uchun e’lon qilingan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot va ijobiy auditorlik xulosasi ushbu reyting darajasini saqlab qolish va yuksaltirishda muhim axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Zero, xorijiy yirik investorlar uchun ma’lumot manbai bo‘lib, avvalo MHXS asosida tayyorlangan va jahon miqyosidagi «katta to‘rtlik»ga kiruvchi auditorlik kompaniyasining ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo‘lgan moliyaviy hisobot sanaladi.

Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida 2021-yil uchun konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti uchun «Ernst & Young» xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi mavjudligi «O‘zbekneftegaz» AJ tomonidan keyingi yutuqlarga erishish, shu jumladan xalqaro fond bozorlarida o‘z aksiyalarini joylashtirish muhim turtki bo‘lib xizmat qiladi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring