Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Elektr ta’minotining uzilishi sababli tabiiy gaz qazib chiqarish va qayta ishlash qurilmalari avariyaviy holatda to‘xtadi

«O‘zbekneftgaz»: Elektr ta’minotining uzilishi sababli tabiiy gaz qazib chiqarish va qayta ishlash qurilmalari avariyaviy holatda to‘xtadi

Foto: «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati

Joriy yilning 19-iyun kuni soat 06:25 da «O‘zbekneftgaz» AJ ishlab chiqarish obyektlarini ta’minlab turgan O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» AJga qarashli «Buxoro»-220/110/35 kV podstansiyasidan tarmoqlangan «Buxoro Hududiy elektr tarmoqlari» AJga tegishli «Gazli-1» 110 kV havo liniyasida elektr energiyaning qisqa muddatli o‘chishi sodir bo‘ldi.

Buning natijasida, jamiyat tasarrufidagi «Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ga qarashli «G‘arbiy» kompressor stansiyasidagi gaz haydash agregati, 3 ta gazni oltingugurtdan tozalash texnologik qurilmalari va texnologik qurilmalarga issiqlik energiyasini yetkazib turgan 5 ta bug‘ qozonlar me’yoriy ish rejimidan avariyaviy holatda to‘xtadi.

Ushbu holat «Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi» tomonidan qazib chiqariladigan va ishlab chiqarilayotgan uglevodorodlar hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, 300 ming kub metr tabiiy gaz, 150 tonna gaz kondensati, 100 tonna suyultirilgan gaz mahsulotlari qazib va ishlab chiqarilmasligiga olib keldi.

Foto: «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati

Bu esa o‘z navbatida, «O‘ztransgaz» AJ magistral gaz quvurlari orqali O‘zbekiston respublikasida faoliyat olib borayotgan yirik turdagi va ulgurji iste’molchilarga tabiiy gazni o‘z vaqtida yetkazib berishda uzilishlarga, tabiiy gaz sifat ko‘rsatkichlarining buzilishiga sabab bo‘ladi.

Elektr ta’minoti qayta tiklangandan so‘ng, boshqarmaning malakali mutaxassislari tomonidan olib borilgan sa’yi harakatlari natijasida to‘xtab turgan gaz haydash agregati, texnologik qurilmalar va bug‘ qozonlari birin-ketin ishga tushirildi.

Hozirda texnologik qurilmalarni to‘liq ish rejimida ishlashini ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy ishlar olib borilmoqda va «O‘ztransgaz» AJ magistral gaz quvurlariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi bosqichma-bosqich tiklanmoqda.

Foto: «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati

Shuni ta’kidlash joizki, «O‘zbekneftgaz» AJ obyektlarida elektr ta’minotining o‘chib-yonishi natijasida, Jamiyat tasarrufidagi boshqarma va zavodlarning texnologik qurilmalariga jiddiy zarar yetkazibgina qolmay, qimmatbaho hisoblanuvchi texnologik uskuna va qurilmalarning ishdan chiqishiga, ulardan foydalanish muddatini keskin qisqarishiga sabab bo‘lmoqda.

Birgina, joriy yilning 17-iyun kuni «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ga qarashli obyektlarida elektr ta’minotining qisqa muddatga o‘chib yonishi natijasida, to‘xtab qolgan texnologik qurilmalarni qayta ishga tushirish va normal ish rejimiga olib chiqish ishlariga 2 kun vaqt sarflandi.

Bundan tashqari, «O‘zbekneftgaz» AJ tizimidagi boshqarmalar va korxonalar tomonidan jami 6,9 mln. kub metr tabiiy gaz, 430 tonna gaz kondensati, 171 tonna suyultirilgan gaz, 22 tn. polietilen mahsulotlari qazib olinmadi va ishlab chiqarilmadi.

Elektr ta’minoti bilan bog‘liq ro‘y berayotgan bunday uzilishlar sabab, Jamiyat tomonidan qazib olinadigan va ishlab chiqarilayotgan uglevodorodlar hajmlarining keskin kamayishiga, «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarning o‘z vaqtida bajarilmasligiga olib kelmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring