Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zmilliybank» AJ Farg‘ona viloyati bo‘ylab press-tur tashkil etdi

«O‘zmilliybank» AJ Farg‘ona viloyati bo‘ylab press-tur tashkil etdi

Xizmatlar sohasi mamlakatning iqtisodiy o‘sishi, yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro mehnat tashkiloti hisob-kitobiga ko‘ra, xizmatlar sohasining 1 foizga o‘sishi kambag‘allikni o‘rtacha 1,5 foizga qisqartiradi.

Mamlakatimizda esa o‘tgan 5 yillik tahlillarga asosan, yalpi ichki mahsulotda xizmatlar sohasining ulushi 42 foizdan 47 foizga o‘sgan. Shuningdek, bugungi kunda umumiy korxonalar sonining 65 foizi, jami band aholining 50 foizdan ortig‘i xizmatlar sohasiga to‘g‘ri kelib, jumladan, ulgurji va chakana savdo, ta’lim, transport, davlat boshqaruvi, sog‘liqni saqlash hamda ijtimoiy xizmatlar sohalarida faoliyat yuritib kelmoqda.

Xizmatlar sohasining joylardagi holati bilan tanishish maqsadida «O‘zmilliybank» AJ Matbuot xizmati tomonidan joriy yilning 2-3 avgust kunlari OAV xodimlari ishtirokida Farg‘ona viloyatiga Press-tur tashkil etildi.

Press-tur doirasida OAV vakillari Bankning Farg‘ona viloyati Bosh boshqarmasi, «Meridian Diagnostic Hospital» klinikasi «Fergana delexu» mehmonxonasi, «Happy baby» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda «My Garden» FX singari xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritib kelayotgan korxonalar faoliyati bilan tanishildi.

Dastlabki manzil «O‘zmilliybank» AJ ning Farg‘ona viloyati Bosh boshqarmasi bo‘lib, bu yerda bugunga kelib 323 nafar professional mutaxassislar mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatining Quva, Rishton, Beshariq tumanlari hamda Qo‘qon shahrida «O‘zmilliybank» AJning Bank xizmatlari markazlari samarali faoliyat yuritmoqda. Mazkur Bank xizmatlari markazlari tomonidan ajratilgan kreditlar hisobidan viloyatda umumiy ovqatlanish maskanlari, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish markazlari, hamda katta maydonlarda intensiv bog‘lar, yirik sig‘imli zamonaviy muzlatgichli fermer xo‘jaliklari tashkil etildi.

O‘tgan 2023 yil 6 oyi davomida ajratilgan kreditlarni tarmoqlar bo‘yicha tahlil qilinganda:

sanoat sohasida – 750,0 mln. so‘m;
qishloq xo‘jaligida – 17,8 mlrd. so‘m;
xizmat ko‘rsatishda – 65,4 mlrd. so‘mlik loyihalar amalga oshirilgan. Ushbu tadbirkorlik sub’yektlariga kredit mablag‘lari ajratilishi natijasida 305 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

«O‘zmilliybank» AJ ning Farg‘ona viloyati Bosh boshqarmasi tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida jami 349,1 mingta mijozlarga xizmat ko‘rsatildi. Shundan 327,0 mingtasi jismoniy shaxslar va 22,1 mingtasi yuridik shaxslar hamda tadbirkorlik sub’yektlari hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning jami depozit qo‘yilmalari 220,6 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Ta’kidlash kerak, to‘lov plastik kartochkalaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida joylarda 34 ta bankomat, 2 709 ta savdo terminallari dislokatsiya qilingan. Bundan tashqari, aholiga valyuta amaliyotlarida qulayliklar yaratish maqsadida viloyat hududida filialga tegishli 10 ta valyuta ayirboshlash shaxobchasi va 24/7 rejimda xizmat ko‘rsatuvchi 2 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shaxobchasi (bankomat) xizmat ko‘rsatmoqda.

Asosiysi, zamonaviy innovatsion bank xizmatlari ko‘rsatilishiga alohida ahamiyat qaratilgan. Bank mijozlarining 61 foizi masofadan boshqariladigan bank xizmatlaridan foydalanmoqdalar. Bunda hisobraqamlarda bank aylanmalarini amalga oshirish, onlayn kredit rasmiylashtirish yoki kredit qarzdorligini qoplash, xalqaro va milliy plastik kartochkalarda har qanday bank amaliyotlari hamda to‘lovlarni amalga oshirish, omonat rasmiylashtirish, xorijiy valyutalarda konversion amaliyotlar, pul o‘tkazmalari kabi bank xizmatlari shular jumlasidandir.

Bugungi kunda, viloyat iqtisodiy ko‘rsatkichlarida xizmatlar sohasining ulushi ham oshib bormoqda. Mazkur sohada viloyatda joriy yilning 1 iyul holatiga 29 mingdan ziyod korxona va tashkilotlar, shundan, 23 mingga yaqin kichik tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bugun viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlardan tashqari, yana 6 mingdan ziyod xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish imkoniyati mavjud.

O‘tgan 2 yilda viloyatda «O‘zmilliybank» AJ tomonidan xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yangidan yangi istiqbolli loyihalar ishga tushirilib kelinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring