Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zsanoatqurilishbank — Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi eng yaxshi hamkor banki

O‘zsanoatqurilishbank — Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi eng yaxshi hamkor banki

Foto: O‘zsanoatqurilishbank Axborot xizmati

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) savdoni moliyalashtirish dasturi (TFP) doirasida 2020-yilda O‘zbekistondagi eng yaxshi hamkor banki deb topildi.

TFP dasturi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi 2020-yil 28-oktyabr kuni Singapurda Zoom platformasi orqali onlayn shaklda o‘tkazildi.

2009-yilda tashkil etilgan OTB TFP dasturi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan.

O‘zsanoatqurilishbank 2013-yildan beri ushbu dasturda ishtirok etib kelmoqda. 2019- yil 1-iyulidan 2020-yil 30-iyuniga qadar Bank dastur doirasida O‘zbekistonda eng ko‘p tranzaksiya amalga oshirgan moliya muassasasiga aylandi.

Ta’kidlash kerakki, O‘zsanoatqurilishbank ketma-ket uchinchi yil mazkur mukofotga loyiq deb topilmoqda.

O‘zsanoatqurilishbank, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro iqtisodiy hamkorlik bankining savdoni qo‘llab-quvvatlash dasturlarida ishtirok etadi.

Bank Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring