Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori: Qurilish materiallari sanoati rivojlantiriladi

Prezident qarori: Qurilish materiallari sanoati rivojlantiriladi

Foto: «Xabar.uz»

Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2019-2025-yillarda mahalliy xomashyo geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, qazib olish va qayta ishlash asosida qurilish industriyasining xomashyo bazasini kengaytirish prognoz ko‘rsatkichlari;
  • 2019-2025-yillarda diversifikatsiya qilish va mahsulot turlarini kengaytirish hisobiga qurilish materiallari ishlab chiqarishning maqsadli ko‘rsatkichlari.

Mazkur ko‘rsatkichlar doirasida ohaktosh ishlab chiqarish 13,1 mln tonnaga, gips toshi 1,8 mln tonnaga, tosh-shag‘al esa 5,6 mln metr kubga yetkaziladi.

Shuningdek, oboy ishlab chiqarish 47 barobarga, armatura ishlab chiqarish 3 barobarga va sement ishlab chiqarish 2 barobarga oshiriladi.

2019-yil 1-iyuldan:

  • mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarning eksport mahsulotini sertifikatlashtirish xarajatlari Eksportni rivojlantirish agentligi tomonidan qoplanadi;
  • tadbirkorlarning soliqqa tortish bazasi besh yilda teng ulushlarda noruda foydali qazilma boyliklari konlarini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘ladigan muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini qurish xarajatlari miqdoriga miqdorga kamaytiriladi;
  • texnogen mineral hosilalar haqidagi ma’lumotlar tadbirkorlarga bepul beriladi.

Qurilish materiallari sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 2019-2021-yillarda xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy banklarning 500 mln dollaridan kam bo‘lmagan imtiyozli kreditlari jalb qilinadi.

2019/2020-o‘quv yilidan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Jizzax politexnika instituti va Farg‘ona politexnika institutida quyidagi yo‘nalishlar ochiladi:

  • «Qurilish materiallari, buyumlari va qurilmalarini ishlab chiqarish texnologiyalari»;
  • «Yig‘ma temirbeton, beton qurilmalar va buyumlarni ishlab chiqarish»;
  • «Materialshunoslik va yangi turdagi qurilish materiallari texnologiyasi (turlari bo‘yicha)»;
  • «Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi».
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring