Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qaysi davlatning qancha qarzi bor?

Qaysi davlatning qancha qarzi bor?

Foto: «Nasha.lv»

Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlarning o‘rtacha qarzi yillik yalpi ichki mahsulotining 81 foiziga teng. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.

Gretsiyaning qarzi YaIMning 178 foizini tashkil qilsa, bu ko‘rsatkich Estoniyada 8,8 foiz.

Gretsiyaning iqtisodiy muammolari 2008-yildan beri mamlakat hamda Yevropa ittifoqining kun tartibidan tushmay keladi.

Qarzi yalpi ichki mahsulotidan ham ko‘p davlat birgina Gretsiya emas.

Yevropa ittifoqining 2018-yilgi hisobotiga ko‘ra, Gretsiyadan keyin qarzdorlar reytingida Italiya turibdi — mamlakatning qarzi YaIMning 130 foiziga teng. Uchinchi o‘rinni Portugaliya YaIMga nisbatan 122,5 foiz bilan band etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring