Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi mamlakatlarda eng ko‘p neft qayta ishlanmoqda va iste’mol qilinmoqda

Qaysi mamlakatlarda eng ko‘p neft qayta ishlanmoqda va iste’mol qilinmoqda

Foto: «BRINK Asia»

Koreya neft uyushmalari ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya neftni qayta ishlovchi kompaniyalari salohiyati bo‘yicha jahonda beshinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan.

Tashkilot ma’lumotlariga ishonadigan bo‘lsak, 2018-yilda Janubiy Koreyada bir sutkada o‘rtacha 3 346 000 barrel neft qayta ishlangan.

Bir sutkada o‘rtacha 18,76 mln. barrel neftni qayta ishlayotgan AQSh bu jabhada global yetakchi. Xitoyda esa bir-kecha-kunduzda 15,65 mln. barrel «qora oltin» foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Rossiya va Hindiston6,59 va 4,97 mln. barreldan.

Umuman olganda, jahon bo‘yicha bir sutkada o‘rtacha 82,9 mln. barrel neft qayta ishlanmoqda. Bilish qiyinmaski, global neft mahsulotlari bozorining qariyb 60 foizi yuqoridagi «beshlik» nazorati ostida.

Janubiy Koreya mamlakatda neftni qayta ishlash sohasi ilk yo‘lga qo‘yilgan 1964-yildan beri birinchi marta 2018-yilda Yaponiyani ish hajmi bo‘yicha ortda qoldirdi. Koreyslar neft iste’moli bo‘yicha global bozorda 8-o‘rinda — sutkasiga o‘rtacha 2,79 mln. barreldan. Demak, mamlakat o‘z ehtiyojidan ko‘p mahsulot ishlab chiqaryapti. Boshqacha aytganda, neft mustaqilligi!

Neft iste’moli bo‘yicha ham AQShga yetadigan davlat yo‘q — 20,45 mln. barrel (sutkasiga). Shunchalik ko‘pki, hammadan ziyod neftni qayta ishlovchi Qo‘shma Shtatlar kemtikni import bilan yopmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Xitoy va Hindiston — 13,52 mln. va 5,15 mln. barreldan. Chin yurti ichki ehtiyojini qoplay oladi, hindlar esa yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring