Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda benzin ishlab chiqarish 22 foizga oshdi

Qozog‘istonda benzin ishlab chiqarish 22 foizga oshdi

Foto: «REGNUM»

2018-yilning 9 oyi davomida Qozog‘istonda 2,84 million tonna benzin ishlab chiqarildi, bu 2017-yilning xuddi shu hisobot davridagidan 21,8 foizga ko‘pdir. Bu haqda «REGNUM» AA Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vazirligiga asoslanib xabar berdi.

Qozog‘istonda 2018-yilning o‘tgan 9 oyida 241,9 ming tonna kerosin (+15 foiz), 1,8 million tonna siqilgan propan va butan (+6,3 foiz), 3,5 million tonna gazoyl (+4,6 foiz) ishlab chiqarilgan. Mazut ishlab chiqarish esa kamaygan — 2,1 million tonna (-9,4 foiz).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring