Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada ishsizlar soni oshdi

Rossiyada ishsizlar soni oshdi

Rossiyadagi ishsizlar soni ushbu haftada 0,9 foiz oshdi.

Foto: «RIA Novosti»

Rossiyadagi ishsizlar soni ushbu haftada 0,9 foiz oshdi va 800 mingdan ko‘proq kishini tashkil etmoqda. Bu haqida Rossiya mehnat vazirligi ma’lumotiga asoslanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Joriy yilning 14-fevralidan 21-fevraliga qadar bandlik organlarida ro‘yxatga olingan ishsizlar soni avvalgilariga nisbatan 0,9 foiz o‘sdi va 800 630 nafarni tashkil etmoqda. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 927 380 ta edi», — deyiladi xabarda.

Ishsizlikning o‘sishi federatsiyaning Tuva, Oltoy, Chukotka, Saxalin va Magadan kabi sub’yektlarida ko‘proq kuzatilgan.

2018-yilning 1-fevraligacha ro‘yxatga olingan ishsizlar soni Rossiyaning mehnatga yaroqli aholisining 1 foizini tashkil etadi. Ish beruvchi tashkilotlardagi bo‘sh o‘rinlar soni esa 1,4 millionta bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring