Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda besh yulduzli mehmonxona quriladi

Samarqandda besh yulduzli mehmonxona quriladi

Foto: «zarnews.uz»

Samarqandda Turkiyaning APEAC kompaniyasi bilan hamkorlikda besh yulduzli mehmonxona quriladi. Loyiha investitsion qiymati 20 million AQSh dollarini tashkil etadi. Bu haqda «Samarkandskiy vestnik» gazetasi turizmni rivojlantirish bo‘yicha viloyat hokimi o‘rinbosari Munis Voseyev ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Hozirgi kunda uning qurilishi uchun joy ajratilgan va ushbu hududdagi binolarni baholash ishlari olib borilmoqda. Ular buzilib, qurilish ishlari yaqin kunlarda boshlanadi.

Shuningdek,  «Afrosiyob» mehmonxonasini «Registon KFT» xorijiy korxonasiga sotish ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda ushbu loyiha o‘rganilmoqda.

Samarqand tumanida xorijiy sayyohlarga sog‘lomlashtirish va profilaktika xizmatlarini ko‘rsatuvchi ob’yektlar barpo etilyapti. Bu yerda mehmonxonalar, kottejlar va madaniy hordiq chiqarish joylari o‘rin oladi. Ishlar «Original Maks Lyuks» MChJ tomonidan amalga oshirilyapti.

Janubiy Koreyaning «Yangon korporeyshn» kompaniyasi tomonidan esa sayyohlar uchun tibbiy markaz, tarixiy liboslar teatri va restoran-mehmonxona majmuasi quriladi. Hozirgi kunda «El merosi» teatri atrofidagi binolar buzilmoqda. Yangi ob’yektlar uchun 1,6 gektar maydon bo‘shatiladi. Binolarni kelasi yilning birinchi choragida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. 

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Samarqand viloyatida 112 ta mehmonxona faoliyat yuritmoqda, ularning beshtasi yangi. Joriy yilning sayyohlik mavsumida 350 ming xorijiy va 1 million 650 ming nafar mahalliy turistlarga xizmat ko‘rsatilishi kutilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring