Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «2019-yil turizm rivojida tub burilish yili bo‘ladi»

Shavkat Mirziyoyev: «2019-yil turizm rivojida tub burilish yili bo‘ladi»

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu haqda 8 yanvar kuni investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Prezidentning matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbari, jumladan, Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy kompleksiga oid vazifalarga ham to‘xtalib, turizm sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

– Turizm uchun bosqichma-bosqich hamma sharoitlarni yaratyapmiz, investorlarga, ishbilarmonlarga keng imkoniyatlar beryapmiz. 2019-yil turizm rivojida tub burilish yili bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida ham bu soha rivoji bo‘yicha takliflar bildirgan edi. Ushbu takliflarni amalda tatbiq etish maqsadida Prezidentning joriy yil 5 yanvardagi farmoniga muvofiq 2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi. Shuningdek, o‘sha kuni imzolangan Prezident qarori bilan mehmonxonalar tashkil etish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxati qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, 2017-yilda O‘zbekistonga qariyb 2 million 700 ming, 2018 yilda 5 million 300 mingdan ortiq turist kelgan. 2025-yilda yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 millionga, turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring