Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev do‘konlardagi narx-navo bilan tanishdi (video)

Shavkat Mirziyoyev do‘konlardagi narx-navo bilan tanishdi (video)

Skrinshot: «O‘zbekiston 24»

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida zamonaviy gipermarketga kirib, narx-navolar bilan tanishdi. Bu haqdagi lavha «O‘zbekiston 24» telekanali dasturida namoyish etildi.

Ta’kidlanishicha, davlat rahbari savdo shoxobchasidagi mahsulotlarning narxlarini surishtirgan.

«Odamlarning kayfiyati oziq-ovqat mahsulotlari narxiga bog‘liq bo‘ladi», degan prezident.

Davlat rahbari rastalarni mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish zarurligini qayd etgan.

Avvalroq, prezident korteji Namangan viloyatidagi bozorlardan birida to‘xtab, yurtboshimiz xalq ichiga kirib borib, muloqot qilgandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring