Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Ko‘mir sotish tizimidagi korrupsiyaga chek qo‘yish vaqti keldi»

Shavkat Mirziyoyev: «Ko‘mir sotish tizimidagi korrupsiyaga chek qo‘yish vaqti keldi»

Ko‘mir sotish tizimidagi korrupsiyaga chek qo‘yish vaqti keldi.

Foto: «Norma.uz»

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Toshkent viloyatida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etyapti.

Sessiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining vakili ham qatnashmoqda. O‘tayotgan sessiyada Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini qiynayotgan ko‘mir muammosiga ham alohida to‘xtalib o‘tgan.

«Kelgusi yildan boshlab ko‘mir importiga chek qo‘yamiz. Kerak bo‘lsa eksport qilamiz. Narxlar arzonlashadi, sun’iy narx bo‘lmaydi. Ko‘mir sotish tizimidagi korrupsiyaga chek qo‘yish vaqti keldi», — deya ta’kidlagan Prezident.

Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating!

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring