Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Nukusda yig‘ilish o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Nukusda yig‘ilish o‘tkazdi

Foto: Prezidentning matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Qoraqalpog‘iston iqtisodiyotini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Investitsiya muhiti yaxshilangani, zarur shart-sharoitlar yaratilgani natijasida keyingi ikki yilda Qoraqalpog‘iston yalpi hududiy mahsulotida sanoatning ulushi 36 foizdan 41 foizga oshgani qayd etildi.

Hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar samarasida ularning soni yil boshidagi 460 tadan 1 ming 480 nafarga ko‘paygani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari ko‘proq ish o‘rinlari yaratish, buning uchun yangi korxonalar tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

2019-2020-yillarda Qoraqalpog‘istonda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 1 ming 18 ta investitsiya loyihasi ishlab chiqilgan. Bu maqsadlar uchun 11 trillion so‘m, jumladan, 895 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yo‘naltirish rejalashtirilgan.

Masalan, kelgusi yili Qorao‘zak tumanida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda yiliga 3,4 million tonna sement ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlanadi. Mo‘ynoq tumanida baliqni konservalash, Taxiatosh tumanida makkajo‘xorini qayta ishlash va qog‘oz ishlab chiqarish korxonalari tashkil etiladi.

Eslutib o‘tamiz, Nukus shahrida bo‘lib o‘tayotgan ushbu uchrashuvda O‘zbekistonning har bir hududida Prezident maktablari tashkil etilishi haqida ma’lum qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring