Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«The National Interest»: «O‘zbekistonda tarixiy islohot amalga oshirildi»

«The National Interest»: «O‘zbekistonda tarixiy islohot amalga oshirildi»

Foto: Xabar.uz

Amerikaning  «The National Interest» nashri Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda majburiy mehnatning oldini olish va paxta sohasini o‘zgartirish bo‘yicha tarixiy islohotlar amalga oshirilganini qayd etdi.

Bu haqda «Nigoh» yozmoqda. 

Paxta xomashyosini xalqaro bozorda ancha arzon narxda sotish o‘rniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri fermerlardan mahsulot sotib olish va xomashyoni to‘qimachilik mahsulotlariga qayta ishlash bo‘yicha hududiy klasterlar tashkil etilgani paxtachilikdagi eng muhim tarkibiy o‘zgarishlardan bo‘ldi.

Shu bilan birga, «Cotton Campaign» koalitsiyasi tomonidan 12 yillik «paxta boykoti”ning bekor qilinishi xalqaro brendlarning O‘zbekiston bozoriga qaytishi uchun imkoniyatlar ochmoqda. Adidas, Tesco, IKEA, Marks & Spencer, H&M, Zara va Gap kabi yirik kompaniyalar o‘zbek paxtasini yetkazib berishni qaytadan boshlashlari kutilmoqda.

Materialga ko‘ra, Vashington Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy strategiyasini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Misol uchun, umumiy imtiyozlar tizimini (GSP) qo‘llashning qayta tiklanishi o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari uchun AQSh bozorini ochadi. Bu qadam Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistonni GSP+ benefitsiari sifatida qabul qilish haqidagi oldingi qarorlariga ham mos keladi.

Bundan tashqari, Toshkent bilan normal savdo aloqalarini ta’minlashning yana bir rag‘bati sifatida do‘stona O‘zbekistonga nisbatan «sababsiz» qo‘llaniladigan Jekson-Venik tuzatishining bekor qilinishi bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring