Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyati uchun 4,7 milliard dollarlik yangi dastur shakllantirildi

Toshkent viloyati uchun 4,7 milliard dollarlik yangi dastur shakllantirildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi korxonalar va ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha dolzarb vazifalarni belgilab berdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

2019-2020-yillar uchun umumiy qiymati 39 trillion 833 milliard so‘m (4,7 milliard dollar) bo‘lgan 784 ta investitsiya loyihasidan iborat yangi hududiy dastur shakllantirilgani qayd etildi. Ularning 15 tasi davlat ahamiyatiga ega yirik loyiha bo‘lsa, 769 tasi xususiy biznes va investorlar ishtirokida amalga oshiriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub’yektlarining 17 foizi ishlamayotgani, Angren shahri va Chinoz tumanida bu ko‘rsatkich 30-33 foizni tashkil etishi tanqid qilindi. Ularning faoliyatini tiklash, o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan oilalarga «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida joriy yilda 350 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha topshiriq berildi. Talab bo‘lsa, yana qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

— Nima uchun oilaviy tadbirkorlik, uylarda parrandachilik, chorvachilik, tomorqachilik bo‘lsin deyapmiz. Odamlarning daromadi oshishi, to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lishi kerak, — dedi davlatimiz rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring