Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatini rivojlantirish bo‘yicha Hukumat qarori chiqdi

Toshkent viloyatini rivojlantirish bo‘yicha Hukumat qarori chiqdi

Foto: «Sputnik»

2018-2019-yillarda Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan 2018-2019-yillarda Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Shuningdek 2019-yil 1-iyungacha «Binolar, inshootlar va ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma» o‘rniga «QR kod» bilan kadastr pasportini berish va qishloq xo‘jaligi yerlari ajratishning auksion tarzida «blokcheyn» orqali amalga oshirish tizimi joriy etiladi.

Dastur doirasida jami 1 009 ta loyiha amalga oshirilishi, ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 8 trln 241 mlrd 879 mln so‘m o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan. Dasturni amalga oshirish orqali 19 ming 333 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Dasturda 22 ta davlat bog‘chalarini rekonstruksiya qilish, 17 ta xususiy tibbiyot muassasalari qurish, shuningdek bir qator maktablarni kapital ta’mirlash, sport inshootlari qurish belgilangan.

Bundan tashqari dasturga muvofiq Chirchiq davlat pedagogika institutida 1 500 o‘rinli yangi o‘quv binosi va 400 o‘rinli talabalar yotoqxonasi barpo etiladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring