Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatining tuman va shaharlari oliy rahbariyatdagi mas’ul shaxslarga bo‘lib beriladi

Toshkent viloyatining tuman va shaharlari oliy rahbariyatdagi mas’ul shaxslarga bo‘lib beriladi

Toshkent viloyatdagi 4 ta yirik – Angren, Olmaliq, Bekobod va Chirchiq shaharlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri respublika bo‘ysinuviga o‘tkazilishi mumkinligi haqida xabar bergandik.

Viloyatning o‘zida qolgan 18 ta hududiy birligi (avval 22  ta edi) respublika oliy rahbariyatidagi mas’ul shaxslarga boshqaruv va umumiy rahbarlik uchun bo‘lib beriladi. Bu haqda «Toshkent haqiqati» gazetasining telegramdagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Administratsiya rahbari, DXX rahbari, Bosh prokuror, IIV vaziri endilikda  o‘zlariga biriktirilgan hududlarga o‘z asosiy ishlaridan ajralmagan holda bevosita rahbarlik qiladilar.

Demak:

  • Quyichirchiq, Yangiyo‘l tumani va shahri Prezident Administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinovga;
  • Bo‘ka, Piskent, Yuqorichirchiq tumanlari Prezident maslahatchisi T.Xudoybergenovga;
  • Zangiota, Chinoz, Toshkent tumanlari DXX rahbari A.Azizovga,
  • Parkent, Qibray, Bo‘stonliq tumanlari IIV rahbari P.Bobojonovga;
  • Bekobod, Ohangaron tumani va shahri Bosh prokuror O.Murodovga;
  • Oqqo‘rg‘on va O‘rtchirchiq tumanlari viloyatning yangi rahbari R. Xolmatovga shaxsan javobgarlik bilan biriktirilgan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring