Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Uzbekistan Airways» xorijiy kompaniya boshqaruviga berilishi mumkin

«Uzbekistan Airways» xorijiy kompaniya boshqaruviga berilishi mumkin

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-may kuni transport sohasining barqaror ishlashini ta’minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Koronavirus pandemiyasi oqibatida butun dunyoda transport aloqalari deyarli to‘xtab qoldi. Sohadagi kompaniyalar bundan jiddiy zarar ko‘rmoqda. Masalan, birgina aviatsiya tarmog‘ida joriy yil yakunigacha dunyo buyicha 113 milliard dollar yo‘qotilishi taxmin qilinmoqda.

Mamlakatimiz transport korxonalari karantin cheklovlari sababli hozirgacha 340 milliard so‘m zarar ko‘rgan. Epidemiologik vaziyat barqarorlashguncha bu raqamlar yana oshishi aniq.

Shu bois, sohada pandemiyaning ta’sirini yumshatish, korxonalarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator choralar ko‘rilmoqda. Masalan, karantindan eng ko‘p zarar ko‘radigan «Uzbekistan Airways» va «Uzbekistan Airports» aksiyadorlik jamiyatlarining 122 million dollar kreditlari to‘lov muddatlari uzaytirildi, 60 milliard so‘mlik soliq imtiyozlari taqdim etildi. Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 50 million dollar miqdorida aylanma mablag‘ sifatida foizsiz ssudalar ajratildi.

Yig‘ilishda yangicha sharoit va talablar asosida transport sohasining barqaror ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Transport vazirligiga «Uzbekistan Airways» va «Uzbekistan Airports» aksiyadorlik jamiyatlarini pandemiya ta’siridan olib chiqish bo‘yicha biznes model ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Yevropa-Xitoy yo‘nalishida yuk tashish bozoriga kirish orqali qo‘shimcha daromad olish, joriy va investitsiyaviy xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Raqobatni kuchaytirish uchun fuqaro aviatsiyasi bozoriga yangi tashuvchilarni jalb qilish, «Uzbekistan Airways»ni nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga berish masalasi ko‘rib chiqildi.

Aeroportlarni modernizatsiya qilish, Andijon, Buxoro, Urganch va Qarshi xalqaro aeroportlarini davlat-xususiy sheriklikka berish bo‘yicha tender e’lon qilinishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring