Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzcard» kompaniyasi tizimdagi nosozlik yuzasidan rasmiy axborot berdi

«Uzcard» kompaniyasi tizimdagi nosozlik yuzasidan rasmiy axborot berdi

Foto: «Uzcard.uz»

«Uzcard» kompaniyasi tizimdagi nosozlik yuzasidan rasmiy axborot berdi. Yagona umumrespublika protsessing markazi axborot tizimida  2018-yil 15-sentyabr kuni yuz bergan nosozlik sabablarini tushuntirishdan avval barcha karta egalaridan, savdo-servis korxonalari va hamkorlaridan kechirim so‘radi.

Kompaniya odamlarda paydo bo‘lgan e’tirozlar o‘rinli ekanini qayd etgan holda, masalaning mohiyatini va mas’uliyatini chuqur anglagan holda barcha foydalanuvchilar, aholidan yuzaga kelgan vaziyatni tushunish bilan qabul qilishni so‘radi.

Barcha to‘lov tizimlari, jumladan xalqaro to‘lov tizimlari ham, xususiyatan kunlik har xil tashqi hujumlardan kafolatlanmagan. Albatta, bu qabul qilib bo‘lmaydigan holat, biroq dasturiy-texnik infratuzilma kutilmaganda ishlamay qolishi va tashqi hujumlar natijasida ularning faoliyatida bunday holat hozirgi kunda ham kuzatilmoqda.

Kompaniya «Uzcard» tizimi faoliyatidagi muammo sababi aniqlaganidan so‘ng mutaxassislar nosozlikni bartaraf etish bo‘yisha tegishli ishlarni amalga oshirishganini bildirdi. Bu ishga kompaniya dasturchilari bilan birga hamkorlardan ham mutaxassislar jalb etilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida barcha dasturiy va texnik nosozliklar bartaraf etilgani va ayni paytda «Uzcard» tizimi to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun barcha jarayonlar bosqichma-bosqich tiklanayotgani ma’lum qilindi.

Kompaniya hodisa sababli mas’uliyatsiz va o‘z ishini eplay olmaydi mazmunidagi juda ko‘plab murojaatlar olganini va juda ozchilik bo‘layotgan voqealarni tushunish bilan qabul qilganini ham ta’kidlab o‘tdi.

Yagona umumrespublika protsessing markazi bo‘lib o‘tgan voqealardan afsusda ekanini bildirib, «sifatli va xavfsiz xizmat ko‘rsatib, barcha foydalanuvchilarning pullarini himoyalashni ta’minlash» prinsipini amalda bajarishga va’da bergan. Ya’ni kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi yo‘lida barcha chora-tadbirlarni ishga solishini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring