Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Valyutalar kursi yana oshdi

Valyutalar kursi yana oshdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Markaziy banki 2019-yilning 11-iyunidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.

Yangi qiymatga ko‘ra, AQSh dollari kursi bu haftada ham oshdi (+5,11) va bir dollar narxi 8 518,68 so‘mga yetdi.

Yevro kursida ham keskin o‘sish kuzatildi (+145,42) va kurs 9 652,52 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa biroz oshdi (+0,92), 131,33 so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, dollarning rasmiy kursi o‘tgan haftada ilk bor 8500 so‘mlik dovondan o‘tgandi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring