Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalq banki Sberbank bilan muhim kelishuvga erishdi

Xalq banki Sberbank bilan muhim kelishuvga erishdi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida savdo aylanmasini yaxshilash hamda o‘zbek-rus tadbirkorlariga o‘zaro to‘lovlarni amalga oshirishda qulay muhit yaratish maqsadida yaqinda aksiyadorlik tijorat Xalq banki va Sberbank aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida o‘zaro ahdlashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.  

Endilikda ushbu memorandumga asosan, ikki mamlakat o‘rtasida xalqaro qarz bozorida hamkorlik qilish va boshqa investitsion bank operatsiyalarini hamda xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, savdoni moliyalashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirishda, iqtisodiy, moliyaviy sharoit va undagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda tajriba va ma’lumotlar almashishda hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi. Kelishuv doirasida tomonlar o‘zaro biznesni uzoq davom ettirish maqsadida turli seminarlar ham tashkil etib boradi.  

Umuman olganda Xalq banki va Sberbank o‘rtasida tuzilgan ushbu ahdlashuv memorandumi ikki tomon manfaatlariga xizmat qiladi.  

Ma’lumot uchun aytish lozimki, Xalq banki hamda Qozog‘istonning eng yirik banklaridan biri, Rossiya, Gruziya, Tojikiston va Qirg‘izistonda bo‘linmalarga ega bo‘lgan bo‘lgan Halk Bank (Xalq banki) o‘rtasida ahdlashuv mumorandumi 2018 yil may oyida imzolangan edi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring