Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda chet el mablag‘larini keng jalb qilmoqda

Xalq banki tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda chet el mablag‘larini keng jalb qilmoqda

Joriy yilning 11-iyul kuni aksiyadorlik tijorat Xalq banki mijozlarining biznes loyihalarini xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish maqsadida Germaniyaning «Berliner Sparkasse - Branch of Landesbank Berlin AG» banki vakillari bilan kelishuv imzolash oldi uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda bugungi kunda bank tomonidan Germaniya davlatidan naslli qoramollar shuningdek, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop sut va go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalari sotib olish bilan bog‘liq loyihalarni xorijiy valyutada moliyalashtirish va tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab quvvatlash borasida qilinayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.

Muzokaralar davomidarespublikamizda oziq-ovqat va nooziqovqat sanoati hamda chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida «0Berliner Sparkasse - Branch of Landesbank Berlin AG» bankining xorijiy kredit liniyasini jalb qilish va Xalq bankining muxbirlikhisob raqamini ochish yuzasidan kelishib olindi.

Ma’lumot uchun aytib o‘tish lozimki, mazkur kelishuv joriy yilning  25 iyul kuni Germaniyaning Berlin shahrida imzolanishi rejalashtirilgan. 

Bank axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring