Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijga olti million dollarlik qalampir sotildi — statistika

Xorijga olti million dollarlik qalampir sotildi — statistika

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 19 ta xorijiy davlatlarga qiymati 6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 7 ming tonna qalampir eksport qilgan.

Qalampir eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming tonnaga kamaygan.

2022-yilning 8 oyida O‘zbekiston qalampir mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

- Qozog‘iston – 4,4 ming tonna
- Qirg‘iz R. – 866 tonna
- Rossiya – 599 tonna
- AQSh – 219,4 tonna
- Germaniya – 161 tonna

Xorijga eng ko‘p qalampir eksport qilgan hududlar:

- Surxondaryo viloyati – 1,7 ming tonna
- Farg‘ona viloyati – 1,2 ming tonna
- Jizzax viloyati – 777 tonna

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring