Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangiyerda yirik kimyo zavodi quriladi

Yangiyerda yirik kimyo zavodi quriladi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangiyer shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan ammiak va karbamid zavodi qurilish maydonida bo‘ldi.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish va eksport qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yerning unumdorligini oshirish, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni talab etmoqda.

Shu bois «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tomonidan «Samsung Engineering» kompaniyasi bilan hamkorlikda ammiak va karbamid zavodi qurish rejalashtirilgan.

Umumiy qiymati 600 million AQSh dollari bo‘lgan mazkur zavodda yiliga 400 ming tonna ammiak, 660 ming tonna karbamid ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. AQSh va Yaponiyadan eng zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatiladi, «nou-xau»lar qo‘llaniladi. 500 doimiy ish o‘rni yaratiladi.

Zavod qurilishi uchun juda qulay joy tanlangan. Bu yerda tabiiy gaz manbai, elektr va suv ta’minoti tarmoqlari, avtomobil va temir yo‘llar bor.

— Sirdaryodagidek qulay infratuzilma hech qayerda yo‘q. Bunday imkoniyat zavodni qurish va barqaror ishlatishda qo‘l keladi, investorlarning qiziqishini oshiradi. Bu juda rentabelli, istiqbolli loyiha, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbariga bo‘lajak korxonaning iqtisodiy samaradorligi, qurilish ishlari jadvali haqida ma’lumot berildi. Prezidentimiz zavod mahsulotlari ichki talabni qondirish va tashqi bozorlarga chiqishda muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring