Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

13-may. Rishelening oshpichog‘i, «Formula-1», To‘rtinchi respublikaning qulashi, Vladimir Jonibekov 76 yoshda va boshqa voqealar

13-may. Rishelening oshpichog‘i, «Formula-1», To‘rtinchi respublikaning qulashi, Vladimir Jonibekov 76 yoshda va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Qullik bekor qilingan kun (Braziliya).

Voqea-hodisalar

  • 1501-yil — Amerigo Vespuchchi G‘arbga sayohatga jo‘nadi (bu safarida u Kolumb yangi qit’ani kashf qilganini aniqladi).
  • 1637-yil — dushmanlaridan xavfsiragan kardinal Rishele ovqatlanishda ishlatiladigan barcha xanjarlarning uchini to‘mtoqlashtirib chiqishni buyurdi, oshxona pichog‘i shu tariqa paydo bo‘ldi.
  • 1641-yil — Katalon urushi: Konstanti jangi bo‘lib o‘tdi.
  • 1647-yil — halokatli zilzila bo‘lajak Chili respublikasining poytaxti Santyagoni butunlay vayron qildi.
  • 1754-yil — imperator Yelizaveta farmoni bilan Peterburgda Rossiyadagi birinchi bank tashkil etildi.
  • 1777-yil — Venada universitet kutubxonasi ochildi.
  • 1830-yil — Buyuk Kolumbiya tarkibidan ajralib chiqqan Ekvador o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1846-yil — AQSh Meksikaga qarshi rasman urush e’lon qildi. G‘alaba qozongan amerikaliklar Meksika shimolidagi Kaliforniya, Arizona, Nyu-Meksiko va Texasni o‘zlariniki qilib olishdi.
  • 1888-yil — Braziliyada qullik bekor qilindi.
  • 1895-yil — Chili futbol federatsiyasi tashkil etildi.
  • 1895-yil — AQShda ixtirochi Nikola Teslaning laboratoriyasi yonib ketdi. Ko‘plab tajriba va tadqiqotlar qo‘lyozmalari olovda yonib kul bo‘ldi.
  • 1927-yil — Germaniyada moliyaviy va iqtisodiy bozor sindi.
  • 1927-yil — Kiyevda «Dinamo Kiyev» futbol klubiga asos solindi.
  • 1950-yil — Angliyaning Silverstoun shahrida «Formula-1» birinchi chempionatining birinchi poygasi o‘tkazildi. Poygada italiyalik Juzeppe Farina «Alfa-Romeo» mashinasi bilan g‘olib chiqdi (mavsum yakunida u «Formula-1»ning birinchi chempioni bo‘ldi).
  • 1958-yil — Jazoir urushi: Jazoirda yuz bergan may oyi fitnasi Fransiyada To‘rtinchi respublikaning qulashiga olib keldi,  Sharl de Goll hukumatni egalladi.
  • 1960-yil — Maks Eyzelin boshchiligidagi shveysar alpinistlari chiqish murakkab bo‘lgan Dxaulagiri («Oq tog‘», 8221 metr) — balandligi bo‘yicha dunyoda to‘qqizinchi o‘rinda turuvchi Nepaldagi cho‘qqini zabt etishdi.
  • 1982 yil — Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan boshqariladigan «Soyuz T-5» kosmik kemasiga start berildi.
  • 1991-yil — «Apple» korporatsiyasi «Macintosh System 7.0» kompyuterini chiqardi.
  • 2014-yil — Turkiyaning Soma shahri yaqinidagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘ldi; bu paytda 2 ming metr chuqurlikda 787 nafar konchi bo‘lgan: ularning 301 nafari halok bo‘lgan, 122 nafari jarohat olgan.
  • 2016-yil — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etildi.

Tavallud kunlari

  • 1221-yil — Aleksandr Nevskiy, Novgorod, Kiyev, Vladimir knyazi.
  • 1767-yil — Juan VI, Birlashgan Portugaliya, Braziliya va Algarve qiroli.
  • 1840-yil — Alfons Dode, fransuz yozuvchisi.
  • 1937-yil — Rojer Jelyazni, fantast yozuvchi.
  • 1939-yil — Xarvi Keytel, amerikalik kinoaktyor.
  • 1942-yil — Vladimir Jonibekov, kosmonavt-uchuvchi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring