Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

16-may. Volterning qamalishi, birinchi matematik-professor ayol, Pirs Brosnan 65 yoshda va boshqa voqealar

16-may. Volterning qamalishi, birinchi matematik-professor ayol, Pirs Brosnan 65 yoshda va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Hamdo‘stlik kuni (Kayman orollari).

Voqea-hodisalar

  • 1204-yil — Balduin IX Flandriyalikka yangi tuzilgan Lotin imperiyasi toji kiydirildi.
  • 1717-yil — hajviy asarlari uchun Volter Bastiliyaga qamaldi.
  • 1811-yil — Albuera qishlog‘idagi (Ispaniyaning Badaxos shahri yaqinida) jangda ingliz, ispan va portugal birlashgan qo‘shini Napoleon armiyasi ustidan g‘alaba qozondi.
  • 1849-yil — Karl Marks Germaniyadan chiqarib yuborildi.
  • 1871-yil — Britaniya Kolumbiyasi Kanadaning oltinchi viloyati deb e’lon qilindi.
  • 1881-yil — Germaniyaning Berlin shahrida dunyodagi birinchi elektr tramvay qatnovi boshlandi.
  • 1919-yil — amerikalik uchuvchi Albert Rid Atlantika okeani ustidan birinchi parvozini amalga oshirdi.
  • 1929-yil — Hollivudda keyinchalik «Oskar» nomini olgan birinchi kinomukofotlar topshirildi.
  • 1947-yil — sobiq ittifoq ekranlariga «Zolushka» filmi chiqdi.
  • 1948-yil — Isroil birinchi pochta markalarini chiqardi.
  • 1960-yil — Leningrad aloqa elektrotexnika institutida birinchi rangli teleuzatish tajribasi o‘tkazildi.
  • 1969-yil — «Venera-5» kosmik apparati Venera sayyorasiga yetib bordi.
  • 1972-yil — Svetlogorsk(Kaliningrad)da aviahalokat yuz berdi — harbiy-transport samolyoti bolalar bog‘chasiga qulab tushdi: 23 bola, ikki nafar tarbiyachi va oshpaz, «An-24T» ekipajining 8 nafar a’zosi halok bo‘ldi.
  • 1974-yil — Helmut Shmidt GFRning beshinchi federal kansleri etib saylandi.
  • 2007-yil — Fransiyada Nikolya Sarkozi prezidentlik lavozimiga kirishdi.
  • 2007-yil — 60-xalqaro Kann kinofestivali boshlandi.

Tavallud kunlari

  • 1718-yil — Mariya Gaetana Anezi (Italiya), ayollar o‘rtasida matematika bo‘yicha birinchi professor.
  • 1763-yil — Lui Voklen (Fransiya), kimyogar, xrom va berilliyni kashf qilgan.
  • 1831-yil — Edvard Xyuz (AQSh), mikrofonni ixtiro qilgan.
  • 1905-yil — Henri Jeyns Fonda (AQSh), aktyor, «Oskar» laureati.
  • 1910-yil — Abbos Bakirov (O‘zbekiston), xalq artisti, rejissyor.
  • 1953-yil — Pirs Brosnan, irlandiyalik kinoaktyor.
  • 1957-yil — Yuriy Shevchuk, rossiyalik musiqachi va xonanda, «DDT» guruhi yetakchisi.
  • 1986-yil — Megan Foks, amerikalik aktrisa.

Vafot etganlar

  • 1703-yil — Sharl Perro, fransuz ertakchi-yozuvchisi.
  • 1826-yil — Yelizaveta Alekseyevna, rus imperatori.
  • 1830-yil — Jan Batist Jozef Fure, fransuz matematigi va fizigi.
  • 1984-yil — Irvin Shou, amerikalik yozuvchi va ssenariynavis.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring