Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2 mingta xonadonga jo‘ja tarqatiladi

2 mingta xonadonga jo‘ja tarqatiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sayxunobodda sanoat usulida yiliga atigi 60 ming parranda yetishtirilmoqda. Bu – viloyat ko‘rsatkichini 1 foiziga ham yetmaydi.

Shu bois, tumanda 4 ta yirik parrandachilik fermasi ishga tushiriladi va 2 ming xonadon bilan kooperatsiya yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda davlat rahbari o‘tkazayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Parranda korxonalari 2 mingta xonadonga 500 tadan 2 mingtagacha jo‘ja tarqatib, xonadonda sanoat usulida yiliga o‘rtacha 6 marta mahsulot olishni tashkil qiladi. Ular ozuqani ham o‘zi yetkazadi, boqishni ham o‘rgatadi, parvarishiga ham ko‘maklashadi.

Natijada xonadonlarda yiliga 10 million parranda boqilib, shuni o‘zidan tumanda yiliga qo‘shimcha 22 ming tonna parranda go‘shti yetishtiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring