Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2017 yilda 3500 nafardan ortiq o‘zbekistonlik davlat tomonidan chet elga ishlashga jo‘natildi

2017 yilda 3500 nafardan ortiq o‘zbekistonlik davlat tomonidan chet elga ishlashga jo‘natildi

Foto: «Udemy.com»

2017-yilda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan 3500 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarolari tashkiliy ravishda ishlash uchun xorijga jo‘natildi. Bu haqda 2018-yil 23-fevral kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».

Jumladan, 2613 nafar O‘zbekiston fuqarosi Janubiy Koreyada ishlashga yuborilgan bo‘lsa, 2710 nafar nomzod koreys tili bo‘yicha test sinovlarini topshirdi. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2017-yil 5-aprel kuni Moskvada imzolangan kelishuvga muvofiq esa 922 nafar mehnat migranti Rossiyaga jo‘natildi. Yana 17 nafar o‘zbekistonlik Yaponiyada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborildi.

Matbuot anjumani jarayonida bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Zokir Umarovning ma’lum qilishicha, 2018-yilda faqatgina Rossiyaga 50 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosini tashkiliy ravishda yuborish rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring