Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yilda faoliyati takrorlanuvchi vazirlik va idoralar maqbullashtiriladi hamda birlashtiriladi

2018-yilda faoliyati takrorlanuvchi vazirlik va idoralar maqbullashtiriladi hamda birlashtiriladi

Davlat dasturi 231 banddan iborat bo‘lib, unga ko‘ra 37 ta qonun qabul qilinishi belgilangan.

Foto: ASR.UZ

O‘zbekistonda 2018 yilda faoliyati takrorlanuvchi vazirlik va idoralar maqbullashtirilishi hamda birlashtirilishi kutilmoqda. Mazkur masala «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturiga kiritildi.

Davlat dasturiga asosan Davlat boshqaruv organlari tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qator qonun hujjatlari ishlab chiqilishi belgilangan. Ularda vazirlik va idoralar faoliyatini optimallashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Davlat dasturi kecha, 22-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan tasdiqlandi. Farmon va uning sharhi «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot» dasturida o‘qib eshittirildi.

Davlat dasturi 231 banddan iborat bo‘lib, unga ko‘ra 37 ta qonun qabul qilinishi belgilangan.

Davlat dasturidan mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir yana boshqa muhim masalalar o‘rin olgan. Mavzuga doir qo‘shimcha tafsilotlar tez orada ma’lum qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring