Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulla Aripov va Asqar Mamin «Beyneu – Akjigit – O‘zbekiston chegarasi» xalqaro avtomagistral yo‘lini ochib berishdi (video)

Abdulla Aripov va Asqar Mamin «Beyneu – Akjigit – O‘zbekiston chegarasi» xalqaro avtomagistral yo‘lini ochib berishdi (video)

Foto:«Xalq so‘zi»

17-iyul kuni «Beyneu – Akjigit – O‘zbekiston chegarasi» xalqaro avtomagistralining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabar tarqatdi.

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari Asqar Mamin va  Abdulla Aripov   avtomagistralni ochib berishdi. 

Avtomobil yo‘lining uzunligi 84 kilometrni tashkil etadi. Mazkur yo‘lni rekonstruksiya qilish va uni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ustyurt platosi orqali o‘tuvchi xalqaro avtomobil yo‘l bilan tutashtirish uchun 108 million AQSh dollarilik mablag‘ yo‘naltirildi.

Ushbu avtomagistral O‘zbekistonning Qozog‘iston orqali Shimoliy va shimoli-g‘arbiy yo‘nalishlar – Boltiqbo‘yi va Yevropa mamlakatlariga chiqishida, shuningdek, dengiz bo‘yi mamlakatlari bilan bog‘lanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring